Eksport va Logistika Akademiyasi barcha hohlovchilarni “Transport Logistikasi” o’quv kursiga taklif qiladi. O'qish muddati 2020 yil 09 noyabrdan 25 dekabrgacha. - Транспортный информационно-логистический Портал

Eksport va Logistika Akademiyasi barcha hohlovchilarni “Transport Logistikasi” o’quv kursiga taklif qiladi. O'qish muddati 2020 yil 09 noyabrdan 25 dekabrgacha.

O'qish onlayn shaklda (ZOOM dasturida) o’zbek tilida o'tiladi

O'qish muddati: 2020 yil 9 noyabrdan 25 dekabrgacha

O'qish kunlari: haftasiga 3 marta (Dushanba / Chorshanba / Juma)

Vaqti: soat 19:00 dan 21:00 gacha.

 

“Transport logistikasi” o’quv kursi quyidagi mavzulardan iborat:

• Transport logistikasi: faoliyati, maqsadi, vazifasi,

• Xalqaro yuklarni tashish. Qonunchilik bazasi

• Yukning transport xususiyatlari. Yukning asosiy tasnifi

• Avtomobil transportida yuk tashish

• Temir yo'l transportida yuk tashish

• Havo transportida yuk tashish

• Multimodal tashish

• Logistika va axborot texnologiyalari

• INCOTERMS-2020.Yetkazib berishning asosiy shartlari.

• Tovarlarni, transport vositalarini, hamda tashuvchining javobgarligini sug'urtalash

O'quv dasturi transport-logistika kompaniyalari, logistika markazlari, hamda turli hil korxonalarning logistika va tashqi iqtisodiy faoliyat bo'limlari xodimlari; xalqaro savdo va ekspeditorlik sohasida ishlaydigan yoki ishlashni rejalashtirgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

O'quv kursi dasturi malaka oshirishning xalqaro va milliy standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, zamonaviy tashishni tashkil etishga oid barcha asosiy bilimlarni qamrab oladi.

O'quv kursi xalqaro savdo va ekspeditorlik sohasida ko'p yillik tajribaga ega amaliyotchi mutaxassislar tomonidan o'tkaziladi.

Ushbu o’quv dasturi bo’yicha qo’shimcha ma’lumotni o’quv kursi Koordinatoriga murojaat qilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon raqamlar: + 998 90 593 65 56/ + 998 93 579 56 60 va elektron pochta manzili: info@el-academy.uz

Eksport va Logistika Akademiyasi faoliyati va barcha o'quv dasturlari bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin: http://el-academy.uz/